TASHKILOT HAQIDA
«TKTITI» MChJ O’zbekiston Fanlar Akademiyasining mexanika instituti bo’limlaridan birining negizida tashkil etilgan. 1992 yil yanvar oyida mustaqil ilmiy-tadqiqot institutiga aylantirilib, yuridik shaxs huquqi berildi va Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti deb nomlandi.
Ushbu ilmiy muassasa faoliyati davomida yuqori darajada rivojlangan intellektual salohiyatli, moddiy-texnik baza, ilmiy uskunalar va jihozlar parkiga ega bo’lgan, kimyo texnologiyasini rivojlantirish sohasidagi muhim ilmiy-texnik masalalarni, xalq xo’jaligidagi dolzarb vazifalarni hal etishga qodir bo’lgan jamoaga aylandi.
Asosiy e’tibor mahalliy xom ashyolarga asoslangan organik va polimer birikmalar va ulardan mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratilgan.
Shu bilan birga, mavjud analoglardan ustun bo’lgan va jahon bozoriga o’tishga imkon beradigan istiqbolli polimer materiallarni yaratish bo’yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Bunday yo’nalishlarga nanokompozit polimer materiallar, ugleplastiklar, gidrogellar, oleogellar va boshqa materiallarni yaratishni misol qilib ko’rsatsa bo’ladi.
Hozirda yangi samarali stabilizatorlar, korroziya ingibitorlari, antipirenlar, fotostabilizatorlar va ixtisoslashgan kimyo korxonalarining asosini tashkil etuvchi boshqa materiallar ishlab chiqarishni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Polikarbonatlar, sintetik kauchuklar, gidrogellar, ugleplastiklar, poliuretanlar va boshqa polimer materiallarni ishlab chiqarish, shuningdek polimerlarga plastifikatorlar, bo’yoqlar va boshqa qo’shimchalar ishlab chiqarish bo’yicha ham tadqiqotlar olib borilmoqda.
Yaqin kelajakda institut jamoasi kimyo fani va texnologiyasining eng muhim va ustuvor yo’nalishlaridagi amaliy muammolarni hal etishni o’z oldiga maqsad qilga.
Marketing ma’lumotlari
Korxona (tashkilot) tomonidan taqdim etiladigan mahsulot va xizmatlarning asosiy turlari.
Gidrogellar, poliuretanlar, sintetik kauchuklar, yuqori sifatli elimlar, yuvish vositalari, organik bo’yoqlar, ingrediyentlar, qo’shimchalar va boshqa materiallarni ishlab chiqarish, polietilen va sellyuloza, kraxmal kabi tabiiy polimerlarni modifikatsiyalash texnologiyalarini ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish.